O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 370 trln so‘mdan oshdi

Qiymat aholi jon boshiga 9,9 mln so‘mni tashkil etadi

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 370 trln so‘mdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-may oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 373,5 trln so‘mga yetgan.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 73,5 trln so‘mga yoki 13,3% ga oshgan. 2024 yil yanvar-may oylarida xizmatlar hajmi 300 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 113 % ni tashkil etgan.

2025-yilning yanvar-may oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9,9 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11% ga oshgan.

2025-yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 202,6 trln so‘mni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 54,2% ini tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi