Farg‘ona chegara postlarida 24 soatlik ish tartibi joriy etildi
8-iyundan Shohimardon va So‘x postlari kun-u tun faoliyat yuritadi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
18-iyundan “Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda Shohimardon qishlog‘iga o‘tishdagi “Oq qiya” bojxona punkti va “So‘x” chegara bojxona postining “Chashma” bojxona punkti 24 soatlik ish rejimiga o‘tmoqda, deya xabar berdi Bojxona qo‘mitasi.
Farg‘ona viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, ular qatoriga “Vodil-Qadamjoy” nazorat-o‘tkazish maskani ham qo‘shiladi.
Ushbu chora-tadbirlar Farg‘ona tumanidagi Shohimardon qishlog‘i hamda So‘x tumaniga borishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, fuqarolarning harakatlanishini yanada erkin va qulay qilish, postlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda, — deyiladi hokimlik xabarda.
So‘x va Shohimardon O‘zbekistonning anklavlari bo‘lib, Qirg‘iziston hududida joylashgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ