Yakksaroy tumanidagi 24 mlrd so‘mlik ofis binosi auksionga qo‘yildi

Ikki qavatli binoning savdo jarayonlari 2026-yil 12-yanvarda bo‘lib o‘tadi

Yakksaroy tumanidagi 24 mlrd so‘mlik ofis binosi auksionga qo‘yildi

Oʻzbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkentning Yakkasaroy tumanida joylashgan ofis binosini sotuvga chiqardi. Bu haqda E-auksion platformasida ma’lum qilindi.

Ikki qavatli bino Shohjahon koʻchasi boʻyida, 89-maktab va “Askiya” bozori yaqinida joylashgan. Hozirda ushbu binoda Oʻzbekiston qorakoʻlchilik assotsiatsiyasining ofisi faoliyat yuritmoqda.

Bino ichki maydoni 926 kvadrat metrni, unga tutash hudud esa 0,13 gektarni tashkil etadi. Obyekt barcha zarur kommunikatsiyalar — elektr energiyasi, suv ta’minoti, gaz va kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlangan.

Sotuvdan soʻng bir yil ichida Qorakoʻlchilik assotsiatsiyasi Yangi Toshkent hududida joylashgan boshqa binoga koʻchib oʻtadi. Xaridor mazkur ob’yektdan ofis va servis faoliyati uchun foydalanishi shart.

Lotning boshlangʻich narxi 24,34 mlrd soʻm etib belgilangan. Auksion 2026-yil 12-yanvar kuni soat 10:00 da oʻtkaziladi, arizalar esa shu kuni soat 9:00 gacha qabul qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
2025-yilda yangi ofis maydonlari hajmi 60% ga qisqardi
/
2025-yilda yangi ofis maydonlari hajmi 60% ga qisqardi
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari 8,9 mln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari 8,9 mln so‘mdan oshdi