21.6.2024 | 16:21
O’zbekistonda yana barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
Markaziy bank tomonidan 24 iyun kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o'rnatildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O’zbekiston Markaziy banki tomonidan 24 iyun kuni O’zbekiston so’miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 625,18 so’mni (-14,63) tashkil etdi, yevro ham 51,04 so’mga tushib 13 505,16 so’mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo’yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo’ldi:
- funt sterling — 15 973,38 so’m (-89,29);
- rubl — 146,62 (-0,34);
- Xitoy yuani — 1 738,69 so’m (-2,21);
- Yaponiya iyenasi — 79,45 so’m (-0,32);
- Qozog’iston tengesi — 27,15 so’m (-0,34).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ