Prezident yil oxirigacha 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasini topshirdi

Shuningdek, yana 1 mln aholining daromadini oshirish rejalashtirilmoqda

Prezident yil oxirigacha 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasini topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yil yakunigacha 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarishni topshirdi.

Davlat rahbari 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligini ta’kidladi.

Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 mln aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.

Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8% ga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2,2 mln nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 mln nafarni tashkil etmoqda. Prezident mahallalarni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligini aytdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi
/
Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi
O‘zbekistonda kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lgan ehtiyojmandlarni moliyalashtirish yondashuvi o‘zgartiriladi
/
O‘zbekistonda kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lgan ehtiyojmandlarni moliyalashtirish yondashuvi o‘zgartiriladi
Prezident: mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trln so‘m yo‘naltirildi
/
Prezident: mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trln so‘m yo‘naltirildi