Alisher Usmonovning boyligi $305 mlrdga yetdi

Yil boshidan buyon uning boyligi $15 mlrdga oshgan

Alisher Usmonovning boyligi $305 mlrdga yetdi

Rossiyalik milliarderlarning boyligi 2025-yilning dastlabki oylarida deyarli $15 mlrdga oshib, $305 mlrdga yetdi. Eng yuqori o‘sish Alisher Usmonovda kuzatildi. Bloomberg Billionaires Index (BBI) yangilangan reytingni e’lon qildi.

Yil boshida metallurgiya, tog‘-kon sanoati, telekommunikatsiya va texnologiyalar sohalaridagi tuzilmalarga egalik qiluvchi, USM xoldingi (“Metalloinvest”, “Udokanskaya med”, “Megafon”) asoschisi Alisher Usmonov eng ko‘p daromad oldi. Uning boyligi $3,6 mlrdga oshib, $16,9 mlrdni tashkil etdi. Bunday miqdordagi aktivlari bilan u sayyoraning eng boy odamlari reytingida 129-o‘rinni egallab turibdi.

“Yevroxim” va Sibir ko‘mir energetika kompaniyasi hammuassisi Andrey Melnichenkoning boyligi bu vaqt ichida $22,7 mlrdga (+$2,5 mlrd) oshdi va u reytingda 88-o‘rinni egalladi. Rossiyaliklar orasida aktivlar hajmining o‘sishi bo‘yicha uchinchi o‘rinni Dog‘iston senatori Sulaymon Kerimov egalladi. U 2025-yilning dastlabki oylarida $2,45 mlrdga boyib, reytingda 311-pog‘onaga joylashdi.

“Nornikel”ning eng yirik aksiyadori, rossiyalik milliarderlar orasida eng katta boylikka ega “Interros” xoldingi prezidenti Vladimir Potanin boyligini $2,2 mlrd ga oshirib, reytingda 57-o‘rinni egalladi.

Rossiyalik milliarderlar orasida boyligi kamayib ketganlari ham bor

Ularga jami to‘rt kishi kiradi. Yilning dastlabki oylaridagi eng yirik “omadsiz” — Novolipetsk metallurgiya kombinati direktorlar kengashi rahbari Vladimir Lisin bo‘lib, u $2,3 mlrd yo‘qotdi (unga jami $23,5 mlrd tegishli).

Keyingi o‘rinlarda prezidenti Vladimir Putinga yaqin, “Novatek” va “Sibur”ning asosiy aksiyadorlaridan biri oligarx Gennadiy Timchenko $1,57 mlrd ($9,4 mlrd)ga qashshoqlashdi.“Alfa-Grupp” hammuassisi Mixail Fridman $1,45 mlrd ($13,3 mlrd) yo‘qotdi; va “Novatek” boshqaruv raisi Leonid Mixelsonning boyligi $1,3 mlrd ($21 mlrd)ga kamaydi.

Bloomberg reytingiga jami 22 nafar rossiyalik milliarder, jumladan, Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov ham kiritilgan. Uning boyligi $12,6 mlrdga baholanmoqda (yil boshidan buyon $1,6 mlrdga o‘sgan).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz” obligatsiyalarning eng yirik emissiyasi bilan bozorga kirdi
/
“O‘zbekneftgaz” obligatsiyalarning eng yirik emissiyasi bilan bozorga kirdi
Xorazm viloyatida arzon minivenlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Xorazm viloyatida arzon minivenlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng oshdi