2025-yilda ishlab chiqarish korxonalari 120,2 trln so‘m soliq to‘ladi

Qiymatning 19,2 trln so‘mi 20 ta yirik kompaniya hissasiga to'g'ri keladi

2025-yilda ishlab chiqarish korxonalari 120,2 trln so‘m soliq to‘ladi

2025-yilda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 61 598 ta yuridik shaxs tomonidan byudjetga 120,2 trln so‘mdan ortiq soliq to‘landi.

Shundan 19,2 trln so‘mi eng yirik 20 ta soliq to‘lovchi hissasiga to‘g‘ri keladi (NKMK va OKMK AJdan tashqari). Ushbu korxonalarning jami tovar aylanmasi 215,2 trln so‘mni, foydalangan soliq imtiyozlari esa 2,3 trln so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

Top-20 korxonalar tomonidan to‘langan soliqlar tarkibi quyidagicha shakllandi:

  • qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) — 5,7 trln so‘m;
  • aksiz solig‘i — 5 trln so‘m;
  • foyda solig‘i — 2,6 trln so‘m;
  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 2,2 trln so‘m;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 1,1 trln so‘m;
  • ijtimoiy soliq — 1,1 trln so‘m;
  • mol-mulk solig‘i — 657,1 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar — 650 mlrd so‘m.

Ma’lumotlar ishlab chiqarish sektorining byudjet tushumlaridagi salmoqli ulushini tasdiqlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent–Samarqand pulli yo‘lida 12 ta kirish-chiqish punkti tashkil etiladi
/
Toshkent–Samarqand pulli yo‘lida 12 ta kirish-chiqish punkti tashkil etiladi
“Kapital sug‘urta” ning imtiyozli aksiyalari bo‘yicha savdolari qayta tiklandi
/
“Kapital sug‘urta” ning imtiyozli aksiyalari bo‘yicha savdolari qayta tiklandi
Toshkent shahri hokimiga turizm bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi
/
Toshkent shahri hokimiga turizm bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi