O‘tgan yilda O‘zbekistonga Xitoydan $14,8 mlrdlik mahsulot import qilingan

Yil davomida mamlakat import hajmi $47,4 mlrdni tashkil etib, 180 dan ortiq davlat bilan savdo amalga oshirildi

O‘tgan yilda O‘zbekistonga Xitoydan $14,8 mlrdlik mahsulot import qilingan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida import hajmi $47,4 mlrdni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 18,5%ga oshgan.

Hisobot davrida mamlakat 180 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar import qilgan. Import hajmi bo‘yicha yetakchi davlat Xitoy bo‘lib, undan $14,8 mlrdlik mahsulot olib kirilgan.

Keyingi o‘rinlarda Rossiya — $8,6 mlrd, Qozog‘iston — $3,4 mlrd, Turkiya — $1,9 mlrd hamda Koreya Respublikasi — $1,7 mlrd bilan qayd etilgan. Shuningdek, Germaniya ($1,3 mlrd), Hindiston ($1,2 mlrd), Turkmaniston ($1,1 mlrd), Belarus ($778,5 mln) va AQSH ($712,3 mln) ham O‘zbekiston importidagi TOP-10 hamkorlar qatoridan joy oldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi