S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda

Tahlilchilar keyingi yillarda AQSh valyutasining yiliga qariyb 4,5% ga oshishini kutmoqda

S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda

Kapital.uz avvalroq xabar berganidek, S&P xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingini “BB” darajasiga ko‘tardi.

Agentlik mamlakat bo‘yicha yangilangan makroiqtisodiy prognozlarni ham e’lon qildi. Mutaxassislar bahosiga ko‘ra, dollarning almashuv kursi 2025-yil oxirigacha 12 050 so‘m atrofida barqaror saqlanadi. Keyingi yillarda esa milliy valyutaning yiliga o‘rtacha 4,5% ga pasayishi (ya’ni, dollar kursining oshishi) kutilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, 2026-yilda dollar kursi 12 595 so‘mga, 2027 yilda 13 158 so‘mga, 2028-yilga kelib esa 13 751 so‘mga yetadi.

Joriy prognozlar avvalgi baholardan ancha ijobiy. May oyidagi tahlilda S&P har yili 5% lik o‘sishni taxmin qilgandi. O‘sha ssenariyga ko‘ra, dollar 2026-yilda 13 567 so‘mga, 2028-yilda esa 15 700 so‘mdan oshishi kerak edi.

Hisobotda qayd etilishicha, valyuta almashinuvi rejimi hanuz nazorat ostida. Markaziy bank vaqti-vaqti bilan intervensiyalar o‘tkazadi, jumladan, ichki bozorda oltin xaridi natijasida yuzaga keladigan likvidlikni sterilizatsiya qilish maqsadida.

Shu bilan birga, S&P Markaziy bank mustaqilligi siyosiy ta’sir ehtimoli va amaldagi imtiyozli kreditlash dasturlari sabab qisman cheklangan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
/
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi
/
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi
O‘zbekiston va Rossiya JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni amalda yakunladi
/
O‘zbekiston va Rossiya JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni amalda yakunladi