Smartup 2024-yilda: yutuqlar, o’sish va yangi ufqlar

Green White Solutions – O‘zbekistondagi innovatsiyalar va samaradorlik ramziga aylangan IT-kompaniya hisoblanadi

Smartup 2024-yilda: yutuqlar, o’sish va yangi ufqlar

Kompaniya nafaqat avtomatlashtirish yechimlarini taqdim etib, balki zamon bilan hamnafas bo‘lib, biznesga yangi cho‘qqilarni zabt etishda yordam berishda davom etmoqda.

2024-yil kompaniya uchun shunchaki yutuqlar yili emas, balki yetakchiligini mustahkamlagan va sohada yangi standartlarni o‘rnatgan o‘zgarishlar davri bo‘ldi.

 

Asosiy mahsulot – Smartup, distribyutsiyani samarali boshqaruvi uchun bulutli platforma sifatida, hatto eng chekka hududlarda ham mijozlarga biznes jarayonlarini optimallashtirish, savdo xodimlarini boshqarish va odatiy vazifalarni kamaytirishda yordam bermoqda. Bugungi kunda Smartup’dan Markaziy Osiyodagi 600 dan ortiq kompaniyalar savdoni yaxshilash, KPIlarni nazorat qilish va savdo marketingi samaradorligini oshirish uchun foydalanmoqda.

Abdukaxxor Tashmuxamedov, Green White Solutions CEO

“Smartup – bu savdo marketingi, ulgurji va chakana savdoni boshqarish uchun universal vositadir. 2024-yilda biz mijozlarga raqamli markirovka bilan ishlashga va moliyaviy risklarni kamaytirishga yordam beradigan “Markirovka” modulini ishga tushirdik. Biz O‘zbekistonning CPG (SFA) bozoridagi yetakchiligimiz bilan faxrlanamiz va bundan ham katta yutuqlarga intilamiz”.

Abdukaxxor Tashmuxamedov, Green White Solutions CEO


2024 yildagi asosiy yutuqlar

  • +19 500 faol foydalanuvchi. Foydalanuvchilar soni 3000 kishiga oshdi.
  • Yangi mijozlar qatoriga bozor yetakchilari ham kiradi. Misol sifatida “Chortoq Mineral Water” va “Salar Meat Product” (Sherin Brendi) keltirish mumkin. «ASKLEPIY», «GLAMOUR COSMETICS», «AKTASH WATER» va «TO’XTANIYOZ-OTA» kabi yirik kompaniyalar esa Smartup X dasturida faoliyatlarini davom ettirishdi.
  • Yangi bozorlarga kirish. Qirg‘iziston va Tojikistonda ish muvaffaqiyatli boshlandi.

Svetlana Tsoy, mijozlarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i:

“2024-yil bahorida biz Qirg‘izistondagi hamkorimiz – Tentech bilan ishni boshladik, kuzda esa Bishkekda 30 dan ortiq distribyutor va chakana savdo kompaniyalari uchun seminar o‘tkazdik. Tojikistonda FMCG yirik distribyutorlari allaqachon Smartup bilan ishlamoqda. Bu bozorlar uchun yechimimiz qirg‘iz va tojik tillariga tarjima qilindi va bu uning imkoniyatlarini kengaytirdi”.

Funktsionalni kengaytirish

2024-yilda Smartup dasturchilari platforma yangi bozor talablariga javob berishini taʼminlash va mijozlarga muammolarni yanada samaraliroq hal qilishda yordam berish uchun 6ta yangilanish relizlarini chiqardilar.

Ag’abek Bozorboyev, STO:

“2024-yilda biz “Vazifa menejeri” va “Buyurtmalar” modulining interfeysini qayta loyihalashtirdik, maslahatlar bilan xatolar ko‘rinishini yaxshiladik, tizim ish faoliyatini optimallashtirdik va uchtadan ortiq yangi xizmatlarni uladik. Shuningdek, biz Telegram botini yangiladik va Flutter 3 SDK ga o‘tdik”.

Ag’abek Bozorboyev va Smartup dasturchilari jamoasi


Ta’lim tashabbuslari

2024-yilda Smartup jamoasi 40 dan ortiq trening va seminarlar o‘tkazdi, ularda O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan 3000 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Ushbu tadbirlar foydalanuvchilarga biznes muammolarini hal qilish uchun tizim funksiyalaridan samarali foydalanishga yordam berdi.

Smartup Day, raqamli markirovka bo‘yicha seminar va Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuv kabi muhim tadbirlarda mutaxassislar amaliy misollarni taqdim etib, platformaning yangi imkoniyatlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar Nikolay Doroshchuk (Avstriya) va Saidaxror Burxonov (Yaponiya) kabi xalqaro ekspertlardan  noyob tajriba orttirishdi. Ular global biznes amaliyotlari bilan o‘rtoqlashdilar va kompaniyalar samaradorligi va o‘sishini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan qanday foydalanish kerakligi haqida gapirdilar.

Nail Axmadulin, mijozlarni rivojlantirish bo’yicha menejer:

“Biz 40 dan ortiq tadbirlarni oʻtkazdik, jumladan, moliyaviy mutaxassislar uchun treninglar va Nikolay Doroshchuk bilan raqamli transformatsiya boʻyicha vebinar. Ushbu tadbirlar mijozlar bilan munosabatlarni mustahkamladi va Smartup bilan ishlash uchun yangi imkoniyatlar ochdi”.

Kompaniya mutaxassislari ham ijtimoiy tashabbuslarda faol ishtirok etishdi. Mobil ishlanmalar bo‘limi rahbari Zarifjon Ergashev “Yetakchilar klubi” yozgi oromgohida 2000 dan ortiq ishtirokchilar uchun ma’ruza o‘qidi, operatsion direktor Valeriy Xan esa Webster universiteti va MDISda ma’ruza o‘qib, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Valeriy Xan, operatsion direktor:

“Kuzda biz Webster universiteti va Singapur menejment universitetida biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va startaplarni boshqarish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidik. Bu talabalarga ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va real sektorda ishlashga tayyorlashga yordam beradi”.

Smartup Akademiyasi IT sanoati uchun muhim qadamdir

Smartup Academy – Green White Solutions kompaniyasining ijtimoiy loyihasi bo‘lib, u O‘zbekiston yoshlariga talab yuqori bo‘lgan IT ko‘nikmalarini egallashga va yuqori texnologiyalar sohasida kar’yerasini boshlashga yordam beradi. Tanlangan talabalar uchun 9 oylik o’quv kursi kompaniya tomonidan to’liq moliyalashtiriladi.

Akademiya IT sohasi va mintaqa iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu nafaqat o‘rganish, balki o‘z salohiyatingizni ochish va rivojlanayotgan sanoatning bir qismiga aylanish haqida.

Nilufar Jumaeva, loyiha koordinatori:

“IT Park, Termiz shahri va Shayxontohur tumani hokimliklari bilan loyihalarni amalga oshirdik. Termiz shahrida 1500 ga yaqin, Shayxontoxurda 1000 dan ortiq talaba va o‘quvchilar ariza topshirgan. ToT dasturiga 550 ta arizalar orasidan oʻzbek tilida 7 oylik taʼlimni muvaffaqiyatli tamomlagan 33 nafar ishtirokchi tanlab olindi. 5 nafar bitiruvchining kompaniyamizga ishga taklif etilgani quvonarlidir”.

Smartup Academy talabalari

 

600 dan ortiq muvaffaqiyatli keyslar

Smartup mijozlarga biznes muammolarini samarali hal qilishda yordam beradi, ularning raqobatbardoshligini oshiradi va ko’rinadigan natijalarni ta’minlaydi.

  • Green Line Trading (FMCG distribyutori): Muvaffaqiyatli buyurtmalarni 46% ga oshirishi.
  • Ro’zmetov (distribyutor): Buxgalteriya hisobini optimallashtirgan zaxiralar (OOS) 35% ga qisqardi va solishtirish aktlarini 70% ga tezlashtirishi.
  • SV-Cluster (maishiy kimyo distribyutori): Smartupda uch oylik ishda debitorlik qarzlarini 90% ga qisqartirishi.

Ushbu holatlar Smartup kompaniyalarga jarayonlarni avtomatlashtirish, xavflarni minimallashtirish va real natijalarga erishishda qanday yordam berishini ko’rsatadi.

Satish Vijayvargi, SERENE Group bosh direktori:

“Smartup muntazam vazifalarni bajarishda 24% gacha vaqtni tejaydi, bu esa samaradorlik va rentabellikni oshiradi. 1C bilan integratsiya sizga hisobotlarni yaratish va kerakli ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Biz Smartupdan mintaqaning boshqa mamlakatlarida ham foydalanishni rejalashtirmoqdamiz”.

Smartup: Texnologiyadagi yangi ufqlar

25-oktabr kuni Smartup Markaziy Yevroosiyoning yetakchi startaplarini birlashtirgan Kaliforniyadagi Central Eurasia @ Silicon Valley ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Bu kompaniyaning yutuqlari va biznes uchun IT-yechimlarni ishlab chiqishga qo’shgan hissasini namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat bo’ldi.

Smartup San-Fransiskoda boʻlib oʻtgan xalqaro TechCrunch Disrupt konferensiyasida ham Oʻzbekistonni taqdim etdi, bu texnologiya sektoridagi innovatsiyalar va hamkorlik uchun muhim voqea.

StrategEast, Yevroosiyo raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish tashkiloti:

“Smartup Markaziy Osiyodagi raqamli yechimlar biznesni qanday o‘zgartirayotgani va xalqaro maydonda samaradorligini oshirayotganini ko‘rsatadi”.

Smartup TechCrunch Disrupt ishtirokchilari orasida (San-Fransisko)

2025-yilda Smartup asosiy e’tiborni tizim funksionalligini yaxshilash va mijozlar ehtiyojlarini qondirishga qaratadi.

Asosiy sohalar:

  • Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash: Xizmatlarni ishlab chiqish va jarayonlarni avtomatlashtirish korxonalarga samaradorlikni oshirishga va maqsadlarga erishishga yordam beradi.
  • Yangi bozorlarga kirish: Yechimlarni mahalliy xususiyatlarga moslashtirish, jumladan raqamli markirovka va buxgalteriya hisobi.

Roman Gromovoy, marketing bo’limi boshlig’i:

“2025 yilda biz Markaziy Osiyodagi mavqeimizni mustahkamllashni va MDHdagi ishtirokimizni kengaytirishni rejalashtirganmiz. 2030 yilga kelib biz Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar bozorlariga chiqishni, mintaqadan tashqaridagi mijozlar biznesini qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqdamiz”.

2024 yil Smartup rivojlanishidagi asosiy bosqich bo‘ldi: yangi funksiyalarni ishga tushirish, xalqaro bozorlarga chiqish va mijozlar bilan hamkorlikni mustahkamlash innovatsiyalar va jamoaviy ish samaradorligini isbotladi.

Abdukaxxor Tashmuxamedov, Green White Solutions CEO:

“Mijozlarimiz, hamkorlarimiz va jamoamizga Smartup muvaffaqiyatiga qoʻshgan hissasi uchun rahmat. Sizning qo’llab-quvvatlashingiz bizni har kuni yaxshiroq bo’lishga ilhomlantiradi. Biznesingizni avtomatlashtirish va rivojlantirish uchun Smartup hamjamiyatiga qo’shiling. 2025 yilda bizni yangi yutuqlar kutmoqda!”

Green White Solutions barchaga ko’rsatgan qo’llab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildiradi va kelajakka ishtiyoq bilan qaraydi, yangi maqsadlar va marralar sari tayyor.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzbekistan Business Awards: yuksak e’tirof ifodasi
/
Uzbekistan Business Awards: yuksak e’tirof ifodasi
“Davr Business” — yuridik mijozlar uchun Oʻzbekistondagi ilk onlayn ekosistema
/
“Davr Business” — yuridik mijozlar uchun Oʻzbekistondagi ilk onlayn ekosistema
Ribasiz treyding: foreksda qanday halol savdo qilish mumkin
/
Ribasiz treyding: foreksda qanday halol savdo qilish mumkin