17.3.2026 | 16:21
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun oshdi
Markaziy bank 18-mart uchun xorijiy valyutalarning yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 18-mart sanasiga xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi rasmiy kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, AQSH dollari kursi 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni tashkil etdi. Yevro ham 124,53 so‘mga qimmatlab, 13 968,98 so‘m etib belgilandi.
Boshqa xorijiy valyutalar kurslari quyidagicha shakllandi:
- funt sterling — 16 175,25 so‘m (+156,8);
- rubl — 147,99 so‘m (−1,17);
- Xitoy yuani — 1 761,17 so‘m (+7,85);
- yapon iyenasi — 76,22 so‘m (+0,33);
- Qozog‘iston tengesi — 25,28 so‘m (+0,32).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ