11.12.2025 | 16:08
O‘zbekistonda rubl va tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Markaziy bank 12-dekabr uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 12-dekabr kuni uchun xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Dollar kursi 26,55 so’mga oshib, 12 047,45 so‘mga yetdi. Yevro esa 14 099,13 so’mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha ham belgilangan kurslar ma’lum qilindi:
- funt sterling — 16 109,85 so‘m (+105,22)
- rubl — 151,90 so‘m (-3,59);
- Xitoy yuani — 1 706,90 so‘m (+5,16);
- Yaponiya iyenasi — 77,29 so‘m (+0,64);
- Qozog‘iston tengesi — 23,14 so‘m (-00,7).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ