Investitsiya kompaniyasi sotuvning ilk 15 daqiqasida deyarli 105 milliard so‘m mablag‘ jalb qildi

Way II kompaniyasining ofisida birinchi investitsiya to‘plami taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Investitsiya kompaniyasi sotuvning ilk 15 daqiqasida deyarli 105 milliard so‘m mablag‘ jalb qildi

Taqdimotda investorlarga islom moliyasi tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi kompaniya imkoniyatlari namoyish etildi. Shuningdek, Markaziy Osiyoda alyuminiy konstruksiyalarni ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri Akfa Aluminium Group kompaniyasining Ishlab chiqarish quvvatlari haqida batafsil malumotlar taqdim etildi. Shuningdek, investorlarda katta qiziqish uygotgan yangi investitsiya mahsuloti savdosining birinchi bosqichi elon qilindi.

Savdolar ulkan muvaffaqiyat bilan boshlandibirinchi to‘plam 15 daqiqadayoq to‘liq sotib bo‘lindi, natijada Way II kompaniyasi 104 775 000 000 so‘m mablagjalb qildi. Way II bosh operatsion direktori Aziz Qosimxo‘jayev bildirilgan ishonch uchun investorlarga minnatdorlik bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya yaqin vaqt ichida yangi investitsiya to‘plamlarini taqdim etadi

Ma’lumot uchun, Way II kompaniyasi islom moliyasi qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat olibboradi, bu Islomiy moliya maslahat kengashi (IFCB) xulosasi bilan tasdiqlangan.

Tadbir, shuningdek, investorlar uchun yangi biznes aloqalarini o‘rnatishlari va Way II eksklyuziv takliflari haqida bilib olishlari uchun ajoyib netvorking maydoniga aylandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi