30.4.2025 | 16:38
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushmoqda
Markaziy bank tomonidan 1-may kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o‘rnatildi

Фото: Артём Левин / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 1-may kuni O‘zbekiston so‘miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 920,16 (-13,00) so‘mni tashkil etdi, yevro ham 38,05 so‘mga tushib 14 681,18 so‘mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo‘ldi:
- funt sterling — 17 262,63 so‘m (-61,34);
- rubl — 158,61 so‘m (+0,33);
- Xitoy yuani — 1 778,66 so‘m (+0,07);
- Yaponiya iyenasi — 90,28 so‘m (-0,32);
- Qozog’iston tengesi — 25,17 so‘m (-0,07).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ