O‘zbekistonda faol korxona va tashkilotlar soni 572,7 mingtaga yetdi

Bir yil ichida ularning soni 47,6 mingta yoki 9,1%ga oshdi

O‘zbekistonda faol korxona va tashkilotlar soni 572,7 mingtaga yetdi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra 572,7 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, faol subyektlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47,6 mingta yoki 9,1%ga ko‘paygan.

So‘nggi yillarda korxona va tashkilotlar soni quyidagicha shakllangan (1-fevral holatiga):

  • 2022-yil — 652 040 ta;
  • 2023-yil — 687 166 ta;
  • 2024-yil — 580 173 ta;
  • 2025-yil — 525 036 ta;
  • 2026-yil — 572 666 ta.

Kapital.uz avvalroq 2025-yil yakunlari bo’yicha mamlakatdagi jami 474,9 mingta biznes kompaniyalarining 85% ulushi kichik korxonalar va mikrofirmlar hissasiga to‘g‘ri kelishi haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi