O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi birinchi chorakda $3,3 mlrdni tashkil etdi

Mablag‘ning 77% qismi yoki $11,5 mlrd Rossiyadan yuborilgan

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi birinchi chorakda $3,3 mlrdni tashkil etdi

Birinchi chorakda O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi $3,3 mlrdga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32% o‘sdi. Bu haqda Markaziy bankning pul-kredit siyosati to‘g‘risidagi hisobotida ma’lum qilingan.

2024-yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich $2,5 mlrd bo‘lgan edi.

Yanvar va mart oylarida har biri bo‘yicha $1 mlrd atrofida o‘tkazma amalga oshirilgan bo‘lsa, eng yuqori ko‘rsatkich mart oyida kuzatildi — $1,2 mlrd.

Markaziy bank ushbu o‘sishni bir nechta omillar bilan izohlaydi:

  • Xorijdagi asosiy savdo hamkorlar valyutalarining mustahkamlanishi;
  • Yuqori ish haqi to‘lanadigan mamlakatlarga mehnat migrantlari oqimining ortishi;
  • Bu davlatlarda ishchi kuchiga bo‘lgan talabning oshishi.

So‘nggi vaqtlarda pul o‘tkazmalari aholi daromadlariga ta’sir etuvchi muhim omillardan biriga aylangan. Shu sababli Markaziy bank bu boradagi o‘sish prognozini yangiladi: ilgari 10−12% deb baholangan o‘sish endi 15−18% atrofida bo‘lishi mumkin.

Biroq, valyuta kurslaridagi ehtimoliy keskin o‘zgarishlar va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha kutilayotgan pasayish tufayli, kelgusida pul o‘tkazmalari hajmidagi o‘sish sur’atlari bo‘yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 2024-yil noyabrida e’lon qilgan prognozida 2025-yilda xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 9−11% ga oshib, $16,1 mlrdga yetishini kutgandi. 2026-yilda bu ko‘rsatkich $17,6 mlrd (9−12%), 2027-yilda esa $19,9 mlrd (10−15%)ga yetishi mumkin.

2024-yilda esa xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $14,8 mlrdni tashkil etgan bo‘lib, bu 2023-yilga nisbatan 30% ga yoki $3,4 mlrdga ko‘p. Ushbu mablag‘ning katta qismi — 77% yoki $11,5 mlrd — Rossiyadan yuborilgan. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston ($795 mln) va AQSh ($577 mln) turadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda eskirgan liftlarni yangilash va ta’mirlashga qariyb 850 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
/
O‘zbekistonda eskirgan liftlarni yangilash va ta’mirlashga qariyb 850 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi 17 sanksiyalar paketida O‘zbekiston korxonalari ham bor
/
Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi 17 sanksiyalar paketida O‘zbekiston korxonalari ham bor
Jahon banki O‘zbekistonga $35 mln imtiyozli kredit ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonga $35 mln imtiyozli kredit ajratadi