«To’raqo’rg’on neft bazasi» norozi bo‘lib sudga ariza yo‘lladi

Raqobat qo’mitasi MCHJ’ni dizel yoqilg‘isi narxini noo’rin oshirganlikda ayblagan

«To’raqo’rg’on neft bazasi» norozi bo‘lib sudga ariza yo‘lladi

«To’raqo’rg’on neft bazasi» dizel yoqilg‘isi narxini noo’rin oshirganlikda ayblandi. Bu haqda raqobat qo’mitasi xabar berdi.

Dizel yoqilg‘isini 5 400 so‘mdan yetkazib berishi lozim bo‘lsada narxlarni noo’rin oshirganligi sababli fermer xo‘jaliklaridan jami 2 752,1 mln so‘m asossiz mablag‘ olinganligi aniqlangan.

Shuningdek, birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga sotish orqali  826,5 mln so‘m asossiz mablag‘ olinganligi aniqlangan.

«O‘zbekneftgaz» va «To’raqo’rg’on neft bazasi» tomonidan Vazirlar Mahkamasining 239-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilgan deb topildi hamda asossiz olingan 3,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni qaytarish to‘g‘risida  ko‘rsatma berildi.

«To’raqo’rg’on neft bazasi» ushbu qarordan norozi bo‘lib yo‘llagan arizasi sudning qarori bilan rad etildi.

Больше новостей про финансы и бизнес в Телеграм-канале @KPTLUZ

tg

Материалы по теме

China Eastern Airlines получила разрешение на запуск рейсов между Сианем и Ташкентом
/
China Eastern Airlines получила разрешение на запуск рейсов между Сианем и Ташкентом
В Узбекистане продали автономер за более 800 млн сумов
/
В Узбекистане продали автономер за более 800 млн сумов
«Анорбанк» прокомментировал инцидент с похищением акционера
/
«Анорбанк» прокомментировал инцидент с похищением акционера