Zomin texnoparkiga $250 mln investitsiya kiritiladi

“Foxit” va “Longze Investment Group” elektronika va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi

Zomin texnoparkiga $250 mln investitsiya kiritiladi

Prezident 22-iyul kuni Jizzax viloyatidagi Zomin tumanida 400 gektar maydonda barpo etilayotgan texnoparkda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Birinchi bosqichda 9 ta loyiha ishga tushirilgan. Ikkinchi bosqich doirasida yana beshta loyiha tayyorlandi. Ular orasida “Longze Investment Group” kompaniyasi bilan tibbiy va qo‘riqlash uskunalarini birgalikda ishlab chiqarish, shuningdek, “Foxit” bilan hamkorlikda noutbuklar, planshetlar, serverlar va routerlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihalari bor.

Bundan tashqari, sport va charm poyabzallari, qurilish materiallari, chinni idishlar va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Loyihalarning umumiy qiymati taxminan $250 mlnni tashkil etadi. Asosiy e’tibor yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarga qaratilgan bo‘lib, ularning 70% dan ortig‘i eksportga mo‘ljallangan.

Mintaqada xorijiy sarmoyalar barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. 2018-yilda jalb etilgan investitsiyalar hajmi $18 mlnni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra bu ko‘rsatkich $1 mlrddan oshib ketdi. So‘nggi sakkiz yil davomida viloyatga $3,7 mlrd miqdorida sarmoya kiritildi, 4 mingdan ziyod ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi, chet el ishtirokidagi korxonalar soni esa 260 tadan oshib ketdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda birinchi AES qurilishida Italiya kompaniyasi ishtirok etadi
/
O‘zbekistonda birinchi AES qurilishida Italiya kompaniyasi ishtirok etadi
“Yangi avlod” sanoat zonasi 9 oyda investitsion uchastkalarning 60%ini sotdi
/
“Yangi avlod” sanoat zonasi 9 oyda investitsion uchastkalarning 60%ini sotdi
OTB O‘zbekiston maktablarida STEM-ta’limni rivojlantirish uchun $100 mln ajratadi
/
OTB O‘zbekiston maktablarida STEM-ta’limni rivojlantirish uchun $100 mln ajratadi