Bir oy oldin tashkil etilgan “Zauris” kompaniyasi Navoiy viloyatida oltin qidiruv huquqini qo‘lga kiritdi

Kompaniya Temirchi uchastkasi uchun o‘tkazilgan kimoshdi savdosida 67,8 mlrd so‘m taklif qilgan

Bir oy oldin tashkil etilgan “Zauris” kompaniyasi Navoiy viloyatida oltin qidiruv huquqini qo‘lga kiritdi

E-auksion elektron savdo maydonida Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi “Temirchi” oltin konida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish huquqi uchun savdo-sotiq bo‘lib o‘tdi. Savdo 12 soatdan ortiq davom etib, 18-avgust kuni yakunlandi.

G‘olib deb topilgan “Zauris” kompaniyasi boshlang‘ich narxdan 16,5 baravar yuqori — 67,78 mlrd so‘m taklif qildi. Jarayonda jami 309 ta narx taklifi qayd etildi.

Yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Zauris” joriy yilning iyul oyida Toshkentda ta’sis etilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyati turi rangli metallar rudalarini qazib olish hisoblanadi. Kompaniya ta’sischisi va rahbari sifatida 10 mln so‘mlik ustav kapitalining 100% iga egalik qiluvchi Feruza Fayziyeva qayd etilgan.

Bundan tashqari, Fayziyeva 2020-yildan beri moliyaviy aktivlarni boshqarish bozorida faoliyat yuritayotgan “Marex Financial” kompaniyasining aksiyadorlaridan biri (70%) hisoblanadi. Ushbu kompaniyaning ikkinchi ta’sischisi Marat Qurbongeldiyev bo‘lib, u ham 2023-yilda o‘zi asos solgan “Marex Com” kompaniyasining ulushiga (30%) ega. Mazkur firmalarning ustav kapitallari mos ravishda 18,33 mln va 1 mmln so‘mni tashkil etadi.

Temirchi oltin koni Zafarobod qishlog‘idan 26,7 kilometr shimoli-g‘arbda, Navoiy shahridan 35 kilometr shimolda joylashgan. Uning maydoni 249 gektar bo‘lib, oltin zaxirasi 6 tonna deb baholanmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida ko‘p tarmoqli majmua quriladi
/
“Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida ko‘p tarmoqli majmua quriladi
2028-yilga qadar to‘qimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilandi
/
2028-yilga qadar to‘qimachilik korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilandi
O‘zbekiston OTMlarining 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
/
O‘zbekiston OTMlarining 2025/2026 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi