Surxondaryo viloyatida $3 mlndan ortiq kichik “Zarchob-1A” GES ishga tushirildi
Uning quvvati 3 MVt

Фото: «Узбекгидроэнерго»
Joriy yilning 30 avgust kuni Surxondaryo viloyatida Sariosiyo tumanidagi Topolang daryosida qurilgan $3,3 mlnlik yangi “Zarchob-1A” kichik gidroelektrostansiyasi ochildi. Bu haqda “O’zbekgidroenergo” axborot xizmati xabar bermoqda.
Uning quvvati 3 MVt va yiliga o’rtacha 13,3 mln kVt /soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
GES ish boshlaganida Topolang daryosi suvi yanada samarali va oqilona ishlatiladi: Daryo suvi elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun to’rtinchi marta gidroagregatlar orqali qayta ishlanadi.
U prezidentning 2024 yil 12 iyuldagi “gidroenergetika kompleksini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq foydalanishga topshirildi.
Qurilish ishlari “Gidro Texnik” tomonidan amalga oshirildi. Stansiyada “Frensis” tipidagi bitta vertikal gidroagregat o’rnatilgan.
Kichik GES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi 4750 ta uy xo’jaligini ta’minlashi kutilmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ