Zarafshondagi aeroport qayta ishga tushishi mumkin

Bu hudud aholisini poytaxtga yetib kelishini osonlashtiradi

Zarafshondagi aeroport qayta ishga tushishi mumkin

Navoiyda prezident boshchiligida o’tkazilayotgan yig’ilishda  Zarafshondagi 80-yillarda qurilgan aeroport faoliyati qayta tiklanishi masalasi ko’tarildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Bunga sabab, Zarafshon shahri aholisi Toshkentga kelish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yo‘l yurib, Navoiy shahriga boradi. Keyin bu yerdan poyezd yoki samolyotga o‘tirib, Toshkentga borishga majbur bo‘lyotgani qayd etildi.

Shuningdek, Zarafshon shahri aholisi 2-3 yilda 100 mingdan oshadi. Shu bois, Zarafshon hududini Tomdi tumani hisobidan 2 ming gektarga kengaytirib, 150 ming aholi uchun sharoit yaratish kerakligi ham ta’kidlandi.

Prezident aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Rulda ketayotib 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim” — Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yo‘llar holati haqida
/
“Rulda ketayotib 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim” — Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yo‘llar holati haqida
Gulnora Karimova oshxonada sud qilingani haqidagi da’volar rad etildi
/
Gulnora Karimova oshxonada sud qilingani haqidagi da’volar rad etildi
Toshkentga yana 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi
/
Toshkentga yana 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi