“Top to‘rtta bank ham sarmoya kiritishga tayyorligini bildirishdi”, —Zafar Hoshimov Korzinka haqida

Kompaniya yaqinda $110 mlnlik investitsiyani qabul qilgandi. Ta’kidlanishicha, undan tashqari tashqari yana $280 mln taklif qolib ketgan

“Top to‘rtta bank ham sarmoya kiritishga tayyorligini bildirishdi”, —Zafar Hoshimov Korzinka haqida

“Anglesey Food” kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov 18-aprel kuni prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda kompaniyaga jalb qilingan investitsiya mablag‘lari haqida gapirdii. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanali ma’lum qilmoqda.

Supermarketlar tarmog‘i asoschisi bu jarayon boshida amalga oshirilgan Londonga tashrif doirasida top-4 ta investitsiya banki bilan muzokaralar o‘tkazilganini ta’kidladi.

Qaniydi, birontasi bizni ilg‘ab investitsiya loyihamizni boshqarishga olsa edi, degan umid bilan borgandik. To‘rttala bank ham sarmoya kiritishga tayyorligini bildirishdi. Natijada bizning o‘zimiz ular o‘rtasida tanlov o‘tkazdik. Biz $110 mln oldik, lekin yana $280 mln taklif qolib ketdi, chunki bizga kerak emas edi, — dedi tadbirkor.

Zafar Hoshimov butun dunyo bo‘ylab investorlar o‘z investitsiyasini kiritish uchun barqaror bozorlarni izlashini aytdi. Ularni jalb qilish uchun shaffof ishlash, tizimni yaxshilash, korporativ boshqaruv asosini joriy etish kerak.
Tadbirkorning ta’kidlashicha, investitsiyalarni jalb qilgandan keyingi jarayon qiyin kechmaydi, mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda buni boshqa tadbirkorlarga ham o‘rgatish kerak.

Dunyo bozoriga chiqib, London birjasida $110 mlnlik investitsiya jalb qilingani haqiqatdan ham O‘zbekiston nimalarga qodir ekanligidan dalolatdir. Bir narsani yodda tutinglar, tadbirkorga qarab, davlatga baho beriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kapital.uz avvalroq Korzinka supermarketlar tarmog‘iga $110 mln miqdorida investitsiya kiritilgani haqida xabar bergandi.

Sarmoya Abu Dabi-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi (ADUI), O‘mon investitsiya boshqarmasi va O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasi (UzOman) tomonidan kiritilgan.

Mablag‘lar tarmoqning rivojlanish strategiyasini jadallashtirish va O‘zbekistonda zamonaviy oziq-ovqat chakana savdosini takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari narxi 7,4 mlndan oshdi
/
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymalari narxi 7,4 mlndan oshdi
Startup Garage Shimoliy Afrika bozoriga chiqdi
/
Startup Garage Shimoliy Afrika bozoriga chiqdi
Germaniyaning KfW kompaniyasi O‘zbekistonga 26 mln yevro ajratadi
/
Germaniyaning KfW kompaniyasi O‘zbekistonga 26 mln yevro ajratadi