Jahon banki: o‘zbekistonliklarning daromadi yuqori darajaga yetishi uchun 100 yil ketadi

Qirg‘iziston bu darajaga taxminan 70 yildan so‘ng yetishi taxmin qilinmoqda

Jahon banki: o‘zbekistonliklarning daromadi yuqori darajaga yetishi uchun 100 yil ketadi

O‘zbekiston aholi jon boshiga daromad bo‘yicha yuqori daromadli mamlakatlar darajasiga erishgan Markaziy Osiyodagi so‘nggi davlatlardan biri bo‘ladi. Bu haqda Jahon banki prognozida qayd etildi.

Jahon banki mamlakatlarni aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YIM) asosida to‘rtta daromad guruhiga ajratadi: past ($1,145 minggacha), quyi o‘rta ($1,146 mingdan $4,515 minggacha), yuqori o‘rta ($4,516 mingdan $14,005 minggacha) va yuqori ($14 005 mingdan yuqori).

Aholi jon boshiga YIM (GDP per capita) ishlab chiqaruvchi aktivlar kimga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar, mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha tovarlar va xizmatlar qiymatini o‘lchaydi. Aholi jon boshiga YIM (GNI per capita yoki GNP per capita) YIMni va mamlakat fuqarolarining chet elda olgan daromadlarini, shu jumladan, chet elliklar tomonidan mamlakat ichidagi daromadlarni o‘lchaydi.

jahon bankı, markaziy osiyo

Jahon bankiga ko‘ra, Turkmaniston va Qozog‘iston bu darajaga (daromadlari $14 mingdan yuqori bo‘lgan davlatlar) birinchi bo‘lib erishadi. Buning uchun ularga 30 yildan kamroq vaqt kerak bo‘lishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston bu darajaga taxminan 70 yildan so‘ng yetishi taxmin qilinmoqda. O‘zbekiston va Tojikiston uchun bu 100 yildan ko‘proq vaqt ichida sodir bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Mutaxassislar so‘nggi 10 yildagi o‘rtacha o‘sish sur’atlaridan foydalangan. Bu davr pandemiya davridagi tushishni, ko‘rib chiqilayotgan davr boshida (2015−2016-yillarda), ayniqsa, mintaqa mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatgan Qozog‘iston va Qirg‘izistonda daromadlarning keskin pasayishini o‘z ichiga oladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Iyul oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori rekord darajada o‘sdi
/
Iyul oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori rekord darajada o‘sdi
O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi
/
O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi
O‘zbekistonda dollardan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda dollardan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi