YTTB sug‘orish stansiyalari modernizatsiyasi uchun $250 mlngacha suveren kredit ajratadi

Loyiha ortidan 251 ming Mvt⋅soat elektr energiyasi tejalishi aytilmoqda

YTTB sug‘orish stansiyalari modernizatsiyasi uchun $250 mlngacha suveren kredit ajratadi

Kapital.uz avvalroq Toshkent investitsiya forumi bo’lib o’tayotgani haqida ma’lum qilingandi. Forum doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida bitim imzolandi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Hujjatga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 110 ta sug‘orish nasos stansiyasini modernizatsiya qilish uchun $250 mlngacha bo‘lgan suveren kredit ajratiladi.

Loyiha 10 ta hududni qamrab oladi va u O‘zbekiston sug‘orish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha Milliy dastur ijrosiga ko‘maklashadi. Natijada yiliga 251 ming Mvt⋅soat elektr energiyasi tejaladi va atmosfera havosiga chiqariladigan karbonat angidrid miqdori 117 ming tonnadan ortiq kamayadi. Shuningdek, loyiha doirasida nasos stansiyalarining tomlariga quyosh panellari o‘rnatilishi kabi qo‘shimcha infratuzilma ham yangilanadi.

Hozirgi kunda YTTBning O‘zbekistondagi investitsiyaviy portfeli 5,6 mlrd yevro qiymatidagi 181 ta loyihani o‘z ichiga oladi. Mablag‘larning asosiy qismi xususiy sektorni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston besh yildirki, Markaziy Osiyoda YTTB investitsiyalarining eng yirik manzili bo‘lib qolmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
/
Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi
/
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi
“Yandex Uzbekistan” direktori taksichilarga joriy etilayotgan hududiy cheklovlarga munosabat bildirdi
/
“Yandex Uzbekistan” direktori taksichilarga joriy etilayotgan hududiy cheklovlarga munosabat bildirdi