YTTB O’zbekistonda moliyaviy tizimni yashillashtirishga $200 mln ajratadi

Adolatli energiyaga o’tish uchun esa $400 ming jalb qilinadi

YTTB O’zbekistonda moliyaviy tizimni yashillashtirishga $200 mln ajratadi

YTTB O‘zbekistonning moliyaviy tizimini yashillashtirishga mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi va YTTB vakillari O‘zbekistonning uzoq muddatli kam uglerodli rivojlanish va iqlimga chidamli strategiyasini amalga oshirish yuzasidan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini kelishib oldi. O‘zbekistonning dekarbonizatsiya strategiyasini ilgari surish va yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolashdi.

Kelishuvda $200 mlngacha moliyaviy tizimni yashillashtirish bo‘yicha maxsus dasturni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun mexanizmlarni o‘rganish va joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonda moliya sektorini yashillashtirish, chiqindi va suv sektorlarida metan emissiyasini kamaytirish bo‘yicha investitsiya dasturini ishlab chiqish hamda suv, oziq-ovqat va energiya uchun “Nexus” bo‘yicha mamlakat platformasini amalga oshirishga kelishildi.

Shu bilan birga, BMT Taraqqiyot dasturi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan “O‘zbekistonda adolatli energiyaga o‘tishga ko‘maklashish” dasturi bo‘yicha hamkorlik qilish niyati to‘g‘risidagi bayonotni imzoladi. Uning doirasida hamkorlikni amalga oshirish uchun jami $400 ming miqdoridagi moliyaviy mablag‘lar jalb qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekiston 10 oyda qariyb $2,5 mlrdlik to’qimachilik mahsulotlarini eksport qildi
/
O’zbekiston 10 oyda qariyb $2,5 mlrdlik to’qimachilik mahsulotlarini eksport qildi
2025-yilda Toshkent metropoliteniga 26 ta poyezd olib kelinadi
/
2025-yilda Toshkent metropoliteniga 26 ta poyezd olib kelinadi
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasayishda davom etmoqda
/
O’zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasayishda davom etmoqda