YTTB “Toshkent quvurlar zavodi” ga $20 mln ajratadi

Mablag‘lar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda mahsulot xizmat muddatini uzaytiruvchi texnologiyalar joriy etishga yo‘naltiriladi

YTTB “Toshkent quvurlar zavodi” ga $20 mln ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) “Toshkent trubalar zavodi” ni modernizatsiya qilish uchun $20 mln kredit ajratadi. Bu haqda moliyaviy institut matbuot xizmati xabar berdi.

Moliyalashtirish korxonani zarur aylanma mablag‘ bilan ta’minlaydi va katta diametrli izolyatsiyalangan quvurlar ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam beradi. Kompaniya suv quvurlariga himoya qoplamasi surtish uchun xomashyo xarid qiladi, shuningdek, tegishli uskunalarni yangilaydi.

Ta’kidlanishicha, “Toshkent quvurlar zavodi”respublikada ushbu turdagi mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Zavod mahsulotlari suv ta’minoti tizimlari, konchilik sanoati, uy-joy qurilishi, shuningdek, ko‘prik va yo‘l qurilishida qo‘llaniladi.

Ilg‘or izolyatsiya texnologiyalarining joriy etilishi quvurlarning xizmat muddatini hozirgi 15–20 yildan 50 yilgacha uzaytirishga imkon beradi. Quvurlar mustahkamligini oshirish va suv yo‘qotilishini kamaytirish barqaror infratuzilmani rivojlantirishga, shuningdek, aholi uchun ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yevropaning ASEE kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kiradi
/
Yevropaning ASEE kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kiradi
O‘zbekiston ipoteka portfelini $56 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston ipoteka portfelini $56 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda
2026-yilda O‘zbekistonda kamida 250 ming xodim faoliyati legallashtiriladi
/
2026-yilda O‘zbekistonda kamida 250 ming xodim faoliyati legallashtiriladi