YTTB “Qambarota GES-1” qurilishiga $1,5 mlrd ajratishni rejalashtirmoqda

Bank mintaqaning yashil energetikasini qo‘llab-quvvatlash uchun har biri $500 mlnlik uchta suveren qarz masalasini muhokama qilmoqda

YTTB “Qambarota GES-1” qurilishiga $1,5 mlrd ajratishni rejalashtirmoqda

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) “Qambarota GES-1” loyihasini $1,5 mlrdgacha moliyalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda bank prezidenti Odil Reno-Basso Reuters agentligiga ma’lum qildi.

YTTB prezidenti ta’kidlashicha, bank umumiy qiymati $1,5 mlrdgacha bo‘lgan uchta suveren kredit ajratish masalasini muhokama qilmoqda (har biri $500 mlndan). Yakuniy qaror boshqa ishtirokchilar bilan kelishuvlar va YTTB direktorlar kengashi tasdig‘iga bog‘liq bo‘ladi.

Bank rahbari, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalari, batareya saqlash tizimlari va elektr tarmoqlariga investitsiyalar bo‘yicha talab ortib borayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu texnologiyalar narxining arzonlashuvi bilan bog‘liq.

Odil Reno-Basso ta’kidlashicha, qarz oluvchi davlatlar “yashil” loyihalarda iqtisodiy imkoniyatni ko‘rmoqda. Bunday tashabbuslar energiya manbalarini diversifikatsiya qilish, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish, arzonroq energiya resurslarini olish va eksport salohiyatini yaratishga yordam beradi.

Avvalroq, 9–10 oktabr kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirlari Bryusselda o‘tgan Global Gateway forumida ishtirok etishgan. Tadbir doirasida ular YTTB prezidenti Odil Reno-Basso va Yevropa investitsiya banki rahbaariyati bilan loyiha moliyalashtirish bo‘yicha memorandumlarni imzolagan edi.

2025-yil iyun oyida Venada Qirg‘iziston xalqaro energetika investitsiya forumi o‘tkazilgan. Unda uch davlat GES qurilishi va ekspluatatsiyasiga tayyorgarlik bo‘yicha kelishuvni imzolagan hamda Koordinatsion donorlik qo‘mitasini tashkil etgan.

“Qambarota GES-1”ning loyihaviy quvvati 1860 MVtni, rejalashtirilgan suv ombori hajmi esa 5,4 mlrd kub metrni tashkil etadi. Gidroelektrostansiya qurilishining dastlabki qiymati $4,5 mlrdga baholanmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda birinchi AES qurilishida Italiya kompaniyasi ishtirok etadi
/
O‘zbekistonda birinchi AES qurilishida Italiya kompaniyasi ishtirok etadi
“Yangi avlod” sanoat zonasi 9 oyda investitsion uchastkalarning 60%ini sotdi
/
“Yangi avlod” sanoat zonasi 9 oyda investitsion uchastkalarning 60%ini sotdi
OTB O‘zbekiston maktablarida STEM-ta’limni rivojlantirish uchun $100 mln ajratadi
/
OTB O‘zbekiston maktablarida STEM-ta’limni rivojlantirish uchun $100 mln ajratadi