YTTB O‘zbekistonga $66 mln miqdorida kredit ajratadi

Mablag’ evaziga elektr uzatish liniyasini qurish uchun sarflanadi

YTTB O‘zbekistonga $66 mln miqdorida kredit ajratadi

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ $66,4 mln miqdorida suveren kredit ajratadi. Bu haqida bank o‘z rasmiy sahifasida e’lon qildi.

Ushbu mablag‘ Xorazm viloyatidagi Sarimay qishlog‘idan Navoiy viloyatidagi Muruntov qishlog‘igacha 500 kV quvvatga ega, uzunligi 230 km bo‘lgan elektr uzatish liniyasini qurish uchun sarflanadi.

Loyiha orqali elektr tarmog‘ida energiyasining uzilishlarini kamaytirish mumkin. Shuningdek, loyiha qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiya qilishni osonlashtirib ko‘magida ishlab chiqilgan O‘zbekistonning past uglerodli energetika strategiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Loyiha natijasida yiliga 4,143 tonna issiqxona gazlari chiqindilari kamayishi va elektr energiyasi yo‘qotishlari 34,636 MWh ga qisqarishi kutilmoqda.

Hozirgacha Bank O‘zbekistonda 171 ta loyiha uchun taxminan 5,3 mlrd yevro miqdorida mablag‘ yo‘naltirgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi