YTTB Xorazmdagi yo‘lni rekonstruksiya qilishga $294 mln ajratdi
Loyiha 2024-2029-yillarda amalga oshiriladi
Фото: Kapital.uz
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan umumiy qiymati $294,1 mln bo‘lgan “D 213 “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Amudaryo daryosi — A380” avtomobil yo‘lining 0 — 84 km qismini rekonstruksiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqildi.
Loyihani amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 4 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 18 yil muddatga $238 mln miqdorida qarz ajratilishi ma’qullangan.
Shuningdek, loyiha doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablag‘larni Xorazm viloyatidagi “D 217 “Urganch — Gurlan — Mang‘it — Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 5 — 75 km qismini qayta qurish loyihasiga yo‘naltirish belgilandi.
Loyiha 2024-2029-yillarda amalga oshiriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ