“Gazprom neft” O’zbekistonda yoqilg’i quyish shoxobchalari tarmog’ini ochmoqchi

Bundan tashqari, kompaniya O'zbekiston bilan texnologiya sohasida hamkorlikni davom ettirish niyatida

“Gazprom neft” O’zbekistonda yoqilg’i quyish shoxobchalari tarmog’ini ochmoqchi

Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi O’zbekistonda o’z brendi ostida yoqilg’i quyish shoxobchalari tarmog’ini ochish imkoniyatini ko’rib chiqmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Aleksandr Dyukov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Dyukovning so’zlariga ko’ra, O’zbekiston iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atini va neft mahsulotlari iste’molining ko’payishini namoyish etib, uni istiqbolli bozorga aylantirmoqda.

Shuningdek, kompaniya O’zbekiston bilan uglevodorodlarni qidirish va qazib olish bilan bog’liq texnologiyalar sohasida hamkorlikni davom ettirish niyatida. 

Raqamli yechimlarimizdan foydalangan holda O’zbekistonda burg’ulashni boshqarish markazi ochildi, bu esa quduqlarni qurish vaqtini qisqartirish va narxini pasaytirishga yordam berdi, — dedi u.

Bundan tashqari, kompaniya O’zbekiston bilan texnologiya sohasida hamkorlikni davom ettirish niyatida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi