O‘zbekistondagi ayrim yo‘lovchi poyezdlari tezligi oshiriladi
Avvalroq harorat ko‘tarilishi sababli shaharlararo poyezdlar harakati tezligi cheklangandi

Фото: «Узбекистон темир йуллари»
16-iyun kuni “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” anomal issiq tufayli relslarda harorat ko‘tarilishi sababli shaharlararo poyezdlar harakati tezligi cheklanishini ma’lum qilgandi. Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 9-sentabrdan yo‘lovchi poyezdlari tezligi yana oshiriladi.
Xususan, quyidagi poyezdlar bekatga kirib kelish vaqtlari qisqartirildi:
710-sonli “Toshkent Markaziy — Buxoro” yo‘nalishi: Toshkent Markaziy 08:40 — Samarqand 11:45—11:55 — Buxoro 14:10 (harakatlanish vaqti 20 daqiqaga qisqargan).
709-sonli “Buxoro — Toshkent Markaziy” yo‘nalishi: Buxoro 16:55 — Samarqand 19:10—19:20 — Toshkent Markaziy 22:47 (harakatlanish vaqti 70 daqiqaga qisqargan).
716-sonli “Toshkent Markaziy — Qarshi” yo‘nalishi: Toshkent Markaziy 08:55 — Samarqand 12:16—12:26 — Qarshi 13:55 (harakatlanish vaqti 3 daqiqaga qisqargan).
715-sonli “Qarshi — Toshkent Markaziy” yo‘nalishi: Qarshi 18:25 — Samarqand 19:54—20:07 — Toshkent Markaziy 23:35 (harakatlanish vaqti 44 daqiqaga qisqargan).
712-sonli “Toshkent Markaziy — Buxoro” yo‘nalishi: Toshkent Markaziy 20:20 — Samarqand 23:39—23:58 — Buxoro 02:30 (harakatlanish vaqti 10 daqiqaga qisqargan).
711-sonli “Buxoro — Toshkent Markaziy” yo‘nalishi: Buxoro 05:15 — Samarqand — 07:39—08:05 — Toshkent Markaziy 11:54 (harakatlanish vaqti 20 daqiqaga qisqargan).
126/125-sonli “Xiva — Andijon” yo‘nalishi: Xiva 15:15 — Toshkent janubiy 05:10—05:40 — Andijon 11:58 (harakatlanish vaqti 10 daqiqaga qisqargan).
57-sonli “Shovot — Toshkent janubiy” yo‘nalishi: Shovot 16:21 — Toshkent janubiy 07:02.
731-sonli “Andijon — Toshkent markaziy” yo‘nalishi: Andijon 06:11 — Toshkent markaziy 12:38.
771-sonli “Buxoro — Toshkent markaziy” yo‘nalishi: Buxoro 03:15 — Toshkent markaziy 07:29.
6418 -sonli “Toshkent janubiy — Sirdaryo” yo‘nalishi: Toshkent janubiy 19:57 — Sirdaryo 22:01.
6454 -sonli “Toshkent janubiy — Xavast” yo‘nalishi: Toshkent janubiy 18:55 — Xavast 22:35.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ