O‘zbekistonda 1-iyundan yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozilmaydi
Ammo to‘xtash chizig‘i ya'ni 5.33 yo‘l belgisi bundan mustasno

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Prezident topshirig‘iga asosan, avtomobil yo‘llarida harakatlanish tartibini yanada takomillashtirish, haydovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 1-iyundan boshlab yo‘l chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
To‘xtash chizig‘i — “stop-liniya” (5.33 yo‘l belgisi) bundan mustasno.
Yaʼni, haydovchi chiziqni bosib olsa, bu qoidabuzarlik fotoradar yoki videokamera orqali qayd etilmaydi, demak, avtomatik ravishda jarima yozilmaydi. Lekin YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ