Oʻzbekistondagi yirik soliq to’lovchilar qancha soliq to’lagani ma’lum bo’ldi
Davlat kompaniyalari orasida NKMK, xususiy kompaniyalar orasida esa UzBAT yetakchilik qilmoqda

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O’zbekistonda yanvar-oktyabr oylarida 949 ta yirik soliq to’lovchilar jami 91,5 trln soʻm soliq toʻlanganligi ma’lum bo’ldi.
O’tgan yilning shu davrida 896 ta yirik soliq to’lovchilar 66,7 trln so’m soliq to’lagandi.
Davlat ulushiga ega korxonalar umumiy 74,8 trln so’m soliq to’lagan. Reytingida NKMK 21,7 trln so’m bilan yetakchilikni qilmoqda. Ikkinchi o’rinni OKMK 7,2 trln so’m va uchinchi o’rinni O’zbekneftgaz 3,5 trln so’m bilan egallagan. Keyingi o’rinlarda:
- Hududgazta’minot — 3,2 trln so’m
- Uzgastrade — 3,1 trln so’m
- Navoiyuran — 3,04 trln so’m
- UzAvto Motors — 2,8 trln so’m
- O’zmilliybank — 1,1 trln so’m
- O’zbektelekom — 952 mlrd so’m
- O’ztransgaz — 868 mlrd so’m.
Xususiy sektor korxonalari umumiy 7,18 trln so’m soliq to’lagan. Yetakchi o’rinni UzBAT 2,3 trln so’m bilan egallagan. Ikkinchi o’rinda esa Enter Engineering 844 mlrd so’m, uchinchi o’rinda Tashkent Tobacco 776,7 mlrd so’m bilan egallagan. Keyingi o’rinlarda esa quyidagilar:
- Gid License Plate — 665,8 mlrd so’m
- Coca-Cola — 513,1 mlrd so’m
- Kapitalbank — 490,3 mlrd so’m
- Unitel (Beeline) — 479,2 mlrd so’m
- Hamkorbank — 433,1 mlrd so’m
- International beverages — 304,1 mlrd so’m
- Anglesey(Korzinka) — 286 mlrd so’m.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ