Yil boshidan buyon milliy valyuta 6,4% ga mustahkamlandi

Shuningdek, 9 oy davomida xalqaro pul o‘tkazmalari $13,9 mlrdga yetgan

Yil boshidan buyon milliy valyuta 6,4% ga mustahkamlandi

Markaziy bank sharhiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab $42,7 mlrdni tashkil etdi.

Umumiy talab o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,5% ga oshgan bo‘lsa, taklif hajmi (Markaziy bank operatsiyalarisiz) $34,4 mlrdni tashkil etib, yillik hisobda 24% ga ko‘paygan.

Yuridik shaxslar tomonidan talab $34,16 mlrd, jismoniy shaxslar tomonidan esa $8,51 mlrdni tashkil etdi. Taklif tarkibida esa $16,15 mlrd yuridik shaxslarga, $15,22 mlrd jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keldi.

Yuridik shaxslar tomonidan valyuta taklifining 37% lik o‘sishi ularning talabidagi 24% lik o‘sishdan yuqori bo‘ldi. Taklifning asosiy manbalaridan biri eksport tushumlari bo‘lib, ular 18% ga oshib, $13 mlrdga yetdi. Ushbu summaning $7,1 mlrd (55%) ichki bozorda sotilgan. Shuningdek, tijorat banklari xorijiy kreditlar hisobiga $6,3 mlrd sotgan — bu o‘tgan yilga nisbatan 61% ga ko‘p.

Importni moliyalashtirishda ichki bozorda sotib olingan valyutaning (konvertatsiya) ulushi 65,5% dan 64,7% gacha biroz kamaygan, o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan to‘lovlarning ulushi esa 23,1% dan 24% gacha oshgan.

Xorijiy valyuta asosan uskunalar, ishlab chiqarish uchun tovar va xomashyo importiga (51%), xorijiy kreditlarni to‘lashga (27%) hamda iste’mol tovarlari va dori vositalarini xarid qilishga (18%) yo‘naltirilgan.

Jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalarining ijobiy saldosi ichki bozorda qo‘shimcha taklif manbai bo‘lib xizmat qilgan. Aholi 9 oy davomida tijorat banklariga $15,2 mlrd sotgan (bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘p), xarid qilingan valyuta hajmi esa $8,5 mlrdni tashkil etgan (23% lik o‘sish). Shunday qilib, aholining sof sotuv hajmi $6,7 mlrdni tashkil etdi.

Valyutani aholining sotishidagi asosiy manba xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘ldi — bu yo‘nalish orqali tushumlar $13,9 mlrdga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 24% ga oshdi.

Joriy yil boshidan mamlakatda milliy valyuta 6,4% ga mustahkamlandi. So‘m kursi ichki talab va taklif, shuningdek, tashqi omillar ta’sirida shakllangan. Shu bilan birga, kunlik kurs o‘zgaruvchanligi ikki barobarga oshgan.

So‘mning mustahkamlanishiga eksport, xorijiy kreditlar va pul o‘tkazmalari hajmining keskin o‘sishi, shuningdek, importning barqarorlashuvi sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, oltin narxining unsiyasi $2 610 dan $3 807 gacha oshishi valyuta oqimini kuchaytirgan.

Kursning mustahkamlanishi natijasida milliy valyutaga bo‘lgan ishonch ortgan — so‘mda saqlanayotgan depozitlar hajmi yil boshidan 23% ga oshib, 205 trln so‘mga yetgan. Aholi va biznesdagi inflyatsion kutishlar 12% gacha pasaygan (yil boshida 14–15% edi). Shu bilan birga, dollarizatsiya darajasi ham qisqargan: kreditlar bo‘yicha 41% dan 37% gacha, depozitlar bo‘yicha esa 26% dan 23% gacha tushgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda birinchi AES qurilishida Italiya kompaniyasi ishtirok etadi
/
O‘zbekistonda birinchi AES qurilishida Italiya kompaniyasi ishtirok etadi
“Yangi avlod” sanoat zonasi 9 oyda investitsion uchastkalarning 60%ini sotdi
/
“Yangi avlod” sanoat zonasi 9 oyda investitsion uchastkalarning 60%ini sotdi
OTB O‘zbekiston maktablarida STEM-ta’limni rivojlantirish uchun $100 mln ajratadi
/
OTB O‘zbekiston maktablarida STEM-ta’limni rivojlantirish uchun $100 mln ajratadi