O’zbekiston yil boshidan beri $1 mlrddan ortiq gaz import qildi

Bu ko'rsatkich deyarli olti baravar oshdi

O’zbekiston yil boshidan beri $1 mlrddan ortiq gaz import qildi

Joriy yilning sakkiz oyida gaz importi $1,1 mlrdga yetdi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 5,7 baravar ko’p. Bu haqda statistika agentligi xabar bermoqda.

Faqat iyul oyida $168,3 mlnga gaz sotib olindi, bu o’tgan yilning iyuliga nisbatan 210 baravar ko’p. Gaz eksporti 7,1%ga o’sib, $404,8 mlnga yetdi, shundan $344 mln iyun, iyul va avgust oylariga to’g’ri keldi. 

Sanoat mahsulotlari eksporti 16,8% dan 16,3% gacha kamaygan bo’lsa, oziq-ovqat ulushi 7,1% dan 7,3% gacha, kimyoviy mahsulotlar 5,1% dan 6,2% gacha va mineral yoqilg’ining ulushi 3,7% dan 5,1% gacha ko’tarildi.

Bundan tashqari, import tarkibida eng katta qismini mashinalar va transport uskunalari (35,5%), sanoat tovarlari (15,1%), kimyoviy va shunga o’xshash mahsulotlar (12,3%) egallaydi. Shu bilan birga, sakkiz oy ichida oltin eksporti umumiy hajmning 28,8%gacha kamaydi va $4,9 mlrdni tashkil etdi.

Yanvar-avgust oylarida mamlakat $88 mlnga (+10,5%) elektr energiyasi sotib oldi, eksport esa $70,4 mlnni (+45,8%) tashkil etdi. Neft va neft mahsulotlari eksporti 2,3 barobar ko’payib, $409 mlnga yetdi, neft importi esa 29,5%ga o’sdi va $1,4 mlrdni tashkil etdi. Ko’mir importi esa 8,8%ga kamayib, $106 mlnni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bir nechta xalqaro texnologiya kompaniyalari O’zbekistonda o’z filiallarini ochishni rejalashtirmoqda
/
Bir nechta xalqaro texnologiya kompaniyalari O’zbekistonda o’z filiallarini ochishni rejalashtirmoqda
O’zbekistonda so‘nggi 10 oy ichida qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo’ldi
/
O’zbekistonda so‘nggi 10 oy ichida qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo’ldi
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O’zbekistonga 9 mln yevro grant ajratadi
/
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O’zbekistonga 9 mln yevro grant ajratadi