O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankini taʼsis etish haqidagi Bitimga qo‘shilmoqda

Unga ilova sifatida bankning faoliyat turlari tartiblari aks etgan ustav ham tasdiqlanadi

O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankini taʼsis etish haqidagi Bitimga qo‘shilmoqda

Senat 18-mart kuni respublikaning YeOTB to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilishi haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.

Yanvar oyida Oliy Majlisning quyi palatasi tomonidan qabul qilingan hujjat O‘zbekistonning YeOTBdagi ishtiroki uchun huquqiy asoslarni belgilaydi. Bank xalqaro shartnomalar, xalqaro huquq, bank faoliyati tamoyillari va me’yorlariga muvofiq faoliyat yuritadi.

Bitimga ilova sifatida YeOTB ustavi tasdiqlanadi. Unda bankning faoliyat turlari, maqsad va vazifalari, funksiyalari, imtiyozlari, ustav kapitali miqdori, unga obuna bo‘lish shartlari, shuningdek, bankni boshqarish tartiblari aks ettirilgan.

Bundan tashqari, YeOTB iqtisodiy vaziyat, moliya bozoridagi ahvol, investitsiya imkoniyatlari, pul-kredit va valyuta munosabatlari, bank sohasidagi qonunchilik hamda valyutani tartibga solish haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.

YeOTB boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov 2024-yil sentyabr oyida bir qator yirik davlatlar yaqin kelajakda bank aksiyadorlari safiga qo‘shilishi haqida xabar bergan edi. Shuningdek, u investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bilan YeOTBning Toshkentdagi vakolatxonasini ochish masalasi yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi