Raqobat qo‘mitasi Angren IESga 2,8 mlrd so‘mni qaytarish haqida qaror qabul qildi
Ma'lum qilinishicha, “Yerostigaz” gaz uchun deklaratsiyasiz oshirilgan tariflarni qo‘llagan
Foto: Duowei.ru
O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Angren shahrida faoliyat yurituvchi Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ murojaati o‘rganib chiqildi.
Tekshiruvlar davomida AJ tomonidan 2024-yil fevral oyida gaz yetkazib berish uchun belgilangan 135 969 so‘m tarif o‘rniga deklaratsiya qilinmasdan 265 536 so‘mlik oshirilgan tarif qo‘llangani aniqlangan. Natijada fevral oyida 1,8 mlrd so‘mdan ortiq, mart oyida esa 12 kun davomida qariyb 1 mlrd so‘m, jami 2,8 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ asossiz undirilgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Yerostigaz” AJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 239-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilgani alomatlari asosida ish qo‘zg‘atildi. Yakunda kompaniyaga moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda asossiz undirilgan 2,8 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ni yakuniy iste’molchiga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berildi.
Mazkur ish hozirda sud tartibida ko‘rib chiqilmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ