O‘zbekistonda hisoblagichsiz yerosti suv inshootlaridan foydalanish taqiqlandi

Hisoblagich o‘rnatish faqat davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali amalga oshiriladi

O‘zbekistonda hisoblagichsiz yerosti suv inshootlaridan foydalanish taqiqlandi

Endi O‘zbekistonda suv hisoblash vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

28-avgustdagi hukumat qarori bilan “Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni ro‘yxatga olish va muhrlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, bu xizmat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ko‘rsatiladi. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun BHMning 50%i miqdorida yig‘im undiriladi.

Hujjatga muvofiq, yerosti suv olish inshootlaridan olinayotgan suv hisobini yuritish uchun hisoblash vositalarini o‘rnatishda faqat O‘zbekistonda davlat reyestriga kiritilgan turlardagi o‘lchash vositalaridan foydalanishga ruxsat etilgan.

Suv hisoblash vositalarini o‘rnatish tartibiga ko‘ra, o‘lchash vositalari nasosli quduqlarda suv chiqishini boshqarish qurilmasidan oldin, favvorali quduqlar va buloqlarda esa boshqarish qurilmasidan keyin o‘rnatilishi belgilangan.

Hududiy gidrogeologiya stansiyalari va tuman yoki shahar soliq inspeksiyalari so‘rovnoma yuborilgan kundan boshlab 10 kun muddatda yerosti suv olish inshootlarida o‘rnatilgan suv hisoblash vositalarini ro‘yxatga oladi va muhrlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sentabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 8% gacha pasaydi
/
Sentabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 8% gacha pasaydi
O‘zbekiston 2030-yilga qadar aviaparkni 180 ta samolyotgacha kengaytiradi
/
O‘zbekiston 2030-yilga qadar aviaparkni 180 ta samolyotgacha kengaytiradi
UC Ventures Osnova startapiga $100 minglik investitsiya kiritdi
/
UC Ventures Osnova startapiga $100 minglik investitsiya kiritdi