Endilikda yer va mol-mulk solig‘idan qarzdor fuqarolarga elektr uchun to‘lovlar cheklanadi

Mexanizm dastlab 2026-yildan boshlab Namangan viloyatida sinov tariqasida amalga oshiriladi

Endilikda yer va mol-mulk solig‘idan qarzdor fuqarolarga elektr uchun to‘lovlar cheklanadi

Aholining soliq qarzi belgilangan miqdordan oshganda, elektr energiyasi uchun to‘lov qilish cheklanadi. Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, aholidan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlikni undirishning yangi mexanizmi joriy etiladi.

Ushbu mexanizm dastlab 2026-yilning 1-yanvaridan boshlab Namangan viloyatida sinov tariqasida amalga oshiriladi.

Soliq qo‘mitasi sinov natijalariga asoslanib, kelasi yilning 1-oktabrigacha mamlakatning qolgan hududlarida ham bu tizimni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, mazkur tizim chiqindi to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik uchun elektr energiyasiga to‘lovlarni cheklash tartibi kabi ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi