Yaponiya banki NKMK’ga $150 mlnlik kredit beradi

Mablag'lar qayta ishlash quvvati va ishlab chiqarish hajmini oshirishga yo'naltiriladi

Yaponiya banki NKMK’ga $150 mlnlik kredit beradi

Joriy yilning avgust oyida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” (NKMK) Yaponiyaning “MUFG” banki bilan $150 mlnlik ikki tomonlama kredit shartnomasini tuzdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kredit mablag’lari NKMKning joriy investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirishni ta’minlashga yo’naltiriladi. 

Bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan ushbu loyihalar qayta ishlash quvvati va ishlab chiqarish hajmini oshirish, konlarni qazib olish va yangilarini ishga tushirish va mavjud ishlab chiqarish obyektlarini modernizatsiya qilish orqali yangi ish o’rinlarini yaratishga qaratilgan.

“Mitsubishi UFJ Financial Group, Inc.” (MUFG) dunyodagi yetakchi moliyaviy guruhlardan biridir. Uning shtab-kvartirasi Tokioda joylashgan bo’lib, kompaniya 360 yildan ortiq tarixga ega. “MUFG” 40 dan ortiq mamlakatlarda 2 mingga yaqin filiallarni o’z ichiga olgan global tarmoqqa ega. Bank tijorat va ishonch banklari, qimmatli qog’ozlar operatsiyalari, kredit kartalari, iste’molchilarni moliyalashtirish, aktivlarni boshqarish va lizing kabi keng ko’lamli xizmatlarni taqdim etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida “Toshkent” fond birjasining savdo hajmi 265,9 mlrd so‘mga yetdi
/
Aprel oyida “Toshkent” fond birjasining savdo hajmi 265,9 mlrd so‘mga yetdi
O‘zbekistonda to‘rtta loyiha doirasida yo‘llarni rekonstruksiya qilinadi
/
O‘zbekistonda to‘rtta loyiha doirasida yo‘llarni rekonstruksiya qilinadi
“Hunnu Air” aviakompaniyasi Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
/
“Hunnu Air” aviakompaniyasi Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi