Bir oyda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga 3 mlrd so‘m mukofot puli to‘landi
Eng ko‘p mukofotlar Toshkent shahrida, Samarqand va Toshkent viloyatlarida to‘langan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2026-yilning yanvar oyida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 12 486 ta murojaat kelib tushdi, deb xabar bermoqda Soliq qo‘mitasi.
4782 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20%) huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 3 mlrd so‘m mukofot to‘langan.
Eng ko‘p mukofotlar Toshkent shahrida (921 ta holat bo‘yicha 614,5 mln so‘m), Samarqand (436 ta holat, 310 mln) va Toshkent viloyatlarida (514 ta holat, 300 mln) to‘langan.
Kelib tushgan jami murojaatlarning:
- 10 879 tasi xarid cheki bermaslik;
- 510 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 34 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 1063 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha bo‘lgan.
Murojaatlarning 1739 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotgani sababli ko‘rib chiqilmagan.
Murojaatlar asosida 5198 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 99% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Taqqoslash uchun, 2025-yilning yanvar oyida soliq huquqbuzarliklari haqida 9283 ta murojaat kelib tushgan, shundan 4417 ta holat bo‘yicha fuqarolarga 3,2 mlrd so‘m mukofot to‘langan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ