2025-yilning birinchi choragida aholiga 34,9 trln so‘mlik kredit ajratildi — Markaziy bank

Kredit kartalari orqali ajratilgan mablag‘lar 3,3 barobarga ko‘paygan

2025-yilning birinchi choragida aholiga 34,9 trln so‘mlik kredit ajratildi — Markaziy bank

Markaziy bank tahliliga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–mart oylarida aholiga jami 34,9 trln so‘mlik kredit ajratilgan bo‘lib, bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 74% ga ko‘p hisoblanadi.

Aholiga berilayotgan kreditlarning bunday sur’atda oshishi aholining daromadlari o‘sib borayotgani, shuningdek, ipoteka kreditlari, mikroqarzlar va mikrokreditlarga bo‘lgan talab ortgani bilan izohlanadi.

2025-yilning I choragida aholiga ajratilgan kreditlarning 53,6%i mikroqarzlar, 15,6%i mikrokreditlar, 12,8%i ipoteka kreditlari, 10%i avtokreditlar va qolgan 8%i boshqa turdagi kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2025-yil I choragida mikroqarzlar hajmi 2,3 barobar, mikrokreditlar esa 1,9 barobar oshgan. Kredit kartalari orqali ajratilgan mablag‘lar 3,3 barobarga ko‘paygan, ipoteka kreditlari 26,3% ga o‘sgan, avtokreditlar esa 17,6% gacha kamaygan (2.3.8-rasm).

Markaziy bank prognozlarida aytilishicha, aholiga ajratilayotgan kreditlar hajmining keskin o‘sishi kelajakda ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bundan tashqari, 2025-yilning mart oyida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratilgan jami kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi yil boshiga nisbatan 0,3% bandga kamayib, 23,1% ni tashkil etdi.

Jumladan, chakana kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi ham pasayish tendensiyasini ko‘rsatib, mart oyida 23,% ga yetdi (bu yil boshiga nisbatan 1,3% bandga kamaygan). Aksincha, korporativ kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi biroz oshib, 22,7% gacha ko‘tarildi.

So‘nggi oylarda aholi tomonidan milliy valyutada ochilgan muddatli omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari nisbatan barqaror saqlanayotgan bo‘lsa-da, yuridik shaxslar omonatlari bo‘yicha foiz stavkalari biroz tebranishlar bilan pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda (2.3.5-rasm).

2025-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, iqtisodiyotga ajratilgan jami kredit qo‘yilmalari yillik 16,8% ga oshib, yil boshiga nisbatan o‘sish sur’ati 2,8% bandga tezlashdi. Milliy valyutadagi kreditlar 22% gacha, xorijiy valyutadagilar esa 7,2% gacha o‘sdi.

Kreditlarning asosiy qismi – milliy valyutadagi qo‘yilmalarning 79% (49,9 trln so‘m) uzoq muddatli kreditlarga to‘g‘ri keladi. Bu mablag‘larning katta qismi aholiga (30,9 trln so‘m) va xususiy korxonalarga (12 trln so‘m) ajratilgan. Xorijiy valyutadagi kreditlarning 65% ham uzoq muddatli bo‘lib, asosan xususiy va xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga berilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
/
Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
/
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi
/
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi