O‘zbekiston YAIM 6,7–6,8% atrofida shakllanishi kutilmoqda — Moliya vazirligi

Shuningdek, yil boshidan inflyatsiya 4,2% ni tashkil etgan

O‘zbekiston YAIM 6,7–6,8% atrofida shakllanishi kutilmoqda — Moliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil yanvar—iyun oylaridagi dastlabki makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini taqdim etdi.

Iqtisodiy o‘sish

Vazirlikka ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston YAIM (yalpi ichki mahsulot) o‘sishi 6,7–6,8% atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:

  • sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish — 6,3%;

  • bozor xizmatlari — 13,5%;

  • qishloq xo‘jaligi — 4%;

  • qurilish ishlari — 9,7%.

Inflyatsiya va byudjet ko‘rsatkichlari

Yil boshidan inflyatsiya 4,2% ni tashkil etgan (2024-yilda bu ko‘rsatkich 5,2% edi). Yillik hisobda inflyatsiya 8,7% ga teng bo‘ldi.

Olti oyda davlat byudjeti daromadlari 144,2 trln so‘m bo‘lib, bu o‘tgan yil shu davriga nisbatan 27,8% ga yoki 31,4 trln so‘m ga oshgan. Byudjet xarajatlari esa 13,1% ga ko‘payib, 173,3 trln so‘m ni tashkil etdi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan $1,6 mlrd resurs ajratilgan. Asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 265,2 trln so‘m bo‘lib, 8,3% ga o‘sgan. Ushbu investitsiyalarning 71% xorijiy investorlarga to‘g‘ri kelgan.

Sanoat va foydali qazilmalar

Yarim yillikda sanoat mahsulotlari hajmi 460 trln so‘m ga yetishi kutilmoqda. Shundan:

  • 56,7 tonna oltin qazib olingan (+3,8%);

  • 80 tonna kumush ishlab chiqarilgan (+16%).

Tovar-xomashyo birjasi orqali tuzilgan bitimlar hajmi 82,7 trln so‘m ni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 1,3 barobar oshgan.

Viloyatlar kesimida sanoat o‘sishi:

  • Jizzax — +11,8%;

  • Navoiy — +10,7%;

  • Xorazm — +9,4%;

  • Namangan — +9%;

  • Qashqadaryo — +7,2%.

Eksport

O‘zbekistonning 2025-yil 6 oyidagi umumiy eksporti $16,9 mlrd bo‘ldi — bu o‘tgan yilga nisbatan 33% yuqori.

Oltinsiz eksport hajmi — 10,4 mlrd $ (+23%). Eksport o‘sishining asosiy yo‘nalishlari:

  • meva-sabzavotlar — +40%;

  • zargarlik buyumlari — 4,6 barobar;

  • uran — +23%;

  • qurilish materiallari — +17%;

  • un — +42%;

  • farmatsevtika — +20%;

  • turizm — +54%;

  • IT xizmatlari — +93%;

  • transport — +22%;

Hududlar bo‘yicha eng katta eksport o‘sishi Toshkent shahrida kuzatilib, $493 mlnni tashkil etdi (+31%).

Bandlik

Yarim yil ichida jami 3,4 mln aholi daromadli ish bilan taʼminlangan. Xususan, tijorat banklari 1,7 mln kishini ish o‘rinlari bilan qamrab olgan. Shundan 661 ming nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 1,1 mln nafari tadbirkorlikka jalb qilingan.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligida 959 ming, qurilishda 137 ming, investitsiya loyihalari hisobiga 168 ming aholi bandligi taʼminlangan.

Iyunda iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 618,5 trln so‘mni tashkil etdi (yillik o‘sish 18,1%). Yarim yil davomida O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $8,2 mlrd bo‘ldi. Bu raqam 2024-yil mos davriga nisbatan 26,3% yuqori.

Yarim yil mobaynida tijorat banklari tomonidan tashqi manbalardan $3,6 mlrd (yillik reja $6 mlrd) jalb qilindi va $2,3 mlrdlik 1,3 mingdan ortiq loyihalar (qiymati $100 mingdan yuqori) moliyalashtirildi, deya maʼlum qilgan vazirlik.

Hisobot davrida bozor xizmatlari hajmi 459,7 trln so‘mga yetgan. Bunda yillik o‘sish 13,5% ga teng. Jumladan, aloqa va axborotlashtirish (23,2%), moliyaviy (18,2%), transport (13,6%), savdo (9,2%), taʼlim (9,1%), yashash va ovqatlanish xizmatlari (7,5%) yuqori o‘sgan. Shuningdek, savdo va pullik xizmatlardan tushumlar o‘tgan yil mos davriga nisbatan 25,9% ga (246,4 trln so‘m) ko‘paygan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Rulda ketayotib 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim” — Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yo‘llar holati haqida
/
“Rulda ketayotib 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim” — Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yo‘llar holati haqida
Gulnora Karimova oshxonada sud qilingani haqidagi da’volar rad etildi
/
Gulnora Karimova oshxonada sud qilingani haqidagi da’volar rad etildi
Toshkentga yana 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi
/
Toshkentga yana 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi