Yanvar oyida eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt boʻldi

Bir oyda qariyb 7 mingta ushbu rusumdagi avtomobil sotuvga chiqarilgan

Yanvar oyida eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt boʻldi

Oʻzbekistonda 2026-yil yanvarda eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt boʻldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Oʻtgan oyda mamlakatda jami 22 099 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Mazkur koʻrsatkich 2025-yil mos davriga nisbatan 6 846 taga koʻp.

Oy davomida barcha avtomobil kompaniyalarida ishlab chiqarish hajmi oʻsgan. Eng koʻp avtomobil ulushi Cobalt hissasiga toʻgʻri kelgan — 6 993 dona. Taqqoslash uchun, oʻtgan yil yanvaridagi raqam 5 660 dona boʻlgan.

Keyingi oʻrinni Damas egallagan — 3 628 dona. Bir yil ilgari qayd etilgan raqam 2 765 dona edi.

Bundan tashqari, quyida boshqa modeldagi avtomobillar sotuvi ko’rsatilgan:

Model / Brend 2026-yil yanvar (dona) 2025-yil yanvar (dona) O‘sish (dona) O‘sish (%)
Tracker 1 900 1 334 +566 +42,4%
Onix 1 974 1 462 +512 +35,0%
Kia 2 298 1 978 +320 +16,2%
BYD 1 352 802 +550 +68,6%
Haval 1 135 373 +762 +204,3%
Chery 757 594 +163 +27,4%

Maʼlumot uchun, 2025-yilda Oʻzbekistonda jami 257,8 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. “Oʻzbekiston 2030” strategiyasiga koʻra, kelgusi besh yilda bu koʻrsatkich 1 mln donaga yetkaziladi. Xususan, 2027-yilda 550 ming dona, 2028-yilda 700 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Mazkur raqamlar 2029-yilga borib 800 mingtaga chiqadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

BAAda mehmonxonalar bekor qilingan aviaqatnovlar sabab turistlar yashash muddatini uzaytirildi
/
BAAda mehmonxonalar bekor qilingan aviaqatnovlar sabab turistlar yashash muddatini uzaytirildi
O‘zbekistonda bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekistonda bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi
Orolbo‘yida $4,6 mlnlik suv resurslarini boshqarish loyihasi ishga tushiriladi
/
Orolbo‘yida $4,6 mlnlik suv resurslarini boshqarish loyihasi ishga tushiriladi