“Yangihayot” texnoparkida $385 mlndan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan

Ular qurilish materiallari ishlab chiqarish, elektrotexnika, logistika, xizmatlar, to'qimachilik va oziq-ovqat sanoatiga ta'sir qiladi

“Yangihayot” texnoparkida $385 mlndan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan

“Yangihayot” sanoat texnoparkida umumiy qiymati $386 mln bo’lgan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ular qurilish materiallari ishlab chiqarish, elektrotexnika, logistika, xizmatlar, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoati kabi sohalarni qamrab oladi. Mutaxassislarni tayyorlash uchun dual ta’lim tizimi joriy etiladi.

2025 yilga kelib texnoparkda $235 mlnlik 37 ta loyiha, 2026 yilga kelib esa $50 mlnlik bitta loyiha ishga tushiriladi. Bu 10 mingta ish o’rni yaratadi va $35 mlnlik mahsulot eksportini ta’minlaydi.

So’nggi o’n oy ichida Yangihayot tumanida 3 mingdan ortiq odam ish bilan ta’minlandi, yana 6 ming kishi o’z-o’zini ish bilan ta’minlash maqomini oldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi