Yangi Toshkent stadioni yonida 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh quriladi

Stadion 6 qavatli qilib qurilib, umumiy hisobda 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan

Yangi Toshkent stadioni yonida 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Yangi Toshkentda barpo etilayotgan yirik sport inshooti – zamonaviy futbol stadionining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi. Ushbu zamonaviy sport majmuasiga oʻtgan yilning 11-noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan tamal toshi qoʻyilgan edi.

Ayni paytda oʻyingoh qurilishi jadal davom etmoqda. Jumladan, yerni tekislash ishlari toʻliq yakunlangan. Poydevor quyish ishlari 95% ga bajarilgan. Qurilish joyiga metall-konstruksiya materiallari bosqichma-bosqich keltirilmoqda.

Oʻtgan yilning 2-oktabr kuni FIFA Kengashi yigʻilishida futbol boʻyicha 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida 2027-yildagi jahon chempionatini Oʻzbekiston va Ozarbayjonda oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Ushbu jahon chempionati doirasidagi oʻyinlar ikki mamlakatdagi 3 tadan stadionda oʻtkaziladi. Jahon chempionatlarining final va yarim final oʻyinlari sigʻimi 50 mingdan koʻp boʻlgan stadionda oʻtkazilishi FIFA talablaridan biri hisoblanadi.

Yangi Toshkent stadioni FIFAning barcha talablariga mos ravishda barpo etilmoqda. Majmua Osiyodagi eng yirik va zamonaviy infratuzilmaga ega futbol maydonlaridan biri boʻladi.

Mazkur inshoot nafaqat 2027-yilgi 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun, balki butun oʻzbek futboli va yoshlar sportining kelgusi rivoji uchun xizmat qiladi.

Davlat rahbariga qurilish jarayoni haqda batafsil ma’lumot berildi.

55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Yangi Toshkent stadioni 6 qavatli bo‘ladi, unda nafaqat sportchilar, balki tashrif buyuruvchilar va matbuot xodimlari uchun ham keng qulayliklar yaratiladi. Tomoshabinlar stadionga tez fursatda kirib-chiqishlari uchun o‘ndan ortiq eskalator o‘rnatiladi. Hududda yana qo‘shimcha 3 ta mashg‘ulot maydoni bo‘ladi. Stadion yaqinida metro bekati barpo etiladi. 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh quriladi.

Prezidentimiz bunday katta sig‘imli yopiq stadion mamlakatimizda ilk bor bunyod etilayotgani uchun har bir jihatga ahamiyat berish zarurligini ta’kidladi. Stadion atrofini obodonlashtirish ishlarini hozirdan rejalashtirib, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarurligi qayd etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Poytaxtbank” kuzatuv kengashi to‘liq yangilandi
/
“Poytaxtbank” kuzatuv kengashi to‘liq yangilandi
“O‘zatom” va “Rosatom” AES qurilishi bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi
/
“O‘zatom” va “Rosatom” AES qurilishi bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi
O‘zbekistonda barcha asosiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha asosiy valyutalar qimmatlashdi