O‘zbekiston 14 ta “Airbus” samolyotini sotib olish haqida kelishuvga erishdi

Shuningdek, “Boeing” bilan 12 ta samolyot olib kelish bo‘yicha muzokaralar boshlandi

O‘zbekiston 14 ta “Airbus” samolyotini sotib olish haqida kelishuvga erishdi

Xorijlik sayyohlarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston havo flotini sezilarli darajada kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi

Ta’kidlanishicha, 11−13-mart kunlari Fransiyaga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha 14 ta yangi zamonaviy “Airbus” samolyotini xarid qilish va yana 5 tasini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, uning qayd etishcha, Boeing bilan 12 ta samolyot olib kelish bo‘yicha muzokaralar boshlandi.

Prezident vazirlik va idoralarga bu imkoniyatdan unumli foydalanib, qayerga nechta reys qo‘yish va qancha sayyoh olib kelishni hozirdan hisob-kitob qilishni topshirdi.

Shuningdek, Malayziya va Indoneziyadan “Umra plyus” dasturi orqali 100 ming ziyoratchini jalb qilish bo‘yicha ishlar boshlangan. Mutasaddilarga Kuala-Lumpur va Jakartadan Samarqand, Buxoro orqali Jidda shahriga reys qo‘yish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirish topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

YeTTB O‘zbekistonning “Artikul Aziya Kabel” kompaniyasiga 20 mln yevro miqdorida kredit ajratadi
/
YeTTB O‘zbekistonning “Artikul Aziya Kabel” kompaniyasiga 20 mln yevro miqdorida kredit ajratadi
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston chegarasida erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etishi mumkin
/
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston chegarasida erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etishi mumkin
ILMA iqtisodchi Otabek Bakirovga qarshi shikoyat berdi
/
ILMA iqtisodchi Otabek Bakirovga qarshi shikoyat berdi