O‘zbekistonda yangi quyosh elektr stansiyasi quriladi

Uning quvvati mos ravishda 300 MVtni tashkil qiladi

O‘zbekistonda yangi quyosh elektr stansiyasi quriladi

Joriy yilning 29-noyabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “Sinoma EC International Investment Co. Ltd” kompaniyasi o’rtasida yangi bitim imzolandi. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi. 

Unga ko’ra, Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh elektr stansiyasi va 75 MVtlik elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning ishga tushirilishi “Oʻzbekiston – 2030” Strategiyasining qayta tiklanadigan energiya manbalarini 25 ming megavattga va mamlakat umumiy isteʼmolidagi ulushini 40%ga yetkazish boʻyicha maqsadlari doirasida amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 9% ga oshdi
/
O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 9% ga oshdi
O‘zbekiston aholisining qariyb yarmi jamg‘armaga ega emas — Markaziy bank
/
O‘zbekiston aholisining qariyb yarmi jamg‘armaga ega emas — Markaziy bank
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi