2030-yilgacha kamida 100 ta “Yangi O‘zbekiston” massivini quriladi
Loyiha uchun 2025-yilda 1,2 trln so‘m ajratiladi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2030-yilgacha kamida 100 ta “Yangi O‘zbekiston” massivini qurish reja qilingan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
2025-yilda “Yangi O‘zbekiston” massivlari infratuzilmasi uchun 1,2 trln so‘m beriladi.
Yangi massivlar uchun yerlar kamida 70 ming odam yashaydigan tuman markazi yoki shahar hududiga 1-2 kilometr masofadagi joydan ajratiladi. Bu massivlarning har birida 100 ming kvadrat metr xonadon quriladi.
Shuningdek, “O‘z uyim” kompaniyasi tashkil qilinadi. Ushbu kompaniya “Yangi O‘zbekiston” massivlariga yer tanlash, loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishga mas’ul bo‘ladi.
Matbuot xizmatining xabar berishicha, “Yangi O‘zbekiston” massiviga berilgan yer bo‘yicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga chiqariladi.
Loyiha ekspertizasini o‘n besh kundan o‘tkazib yuborgan tashkilotlarning litsenziyasi to‘xtatib qo‘yiladi.
Qurilishda “eskrou” tizimi joriy qilinmoqda. Bu tizim developerlarga hozirgidan pastroq stavkada mablag‘ jalb qilish imkonini beradi. Developerlarni moliyalashtirish uy qurish bilan birga boshlanadi va davom etadi.
Fuqarolar esa qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish hamda uy bitmasdan turib ham boshqa odamga sotish imkoniga ega bo‘ladi. Bu bilan uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi.
Developerlar tomonidan obyektning 50% qismi qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tartib nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etiladi.
Quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Obyekt muddatida topshirilmasa, developer yer solig‘ini 2 karra miqdorda to‘laydi.
“Yangi O‘zbekiston” massivi uchun berilgan yerlarning 10%i developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi.
Bu uylarni pastki qavatida xususiy bog‘cha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk solig‘idan ham ozod qilinadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ