“Yangi O‘zbekiston” ko‘chasining bir qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli cheklov taxminan besh oy davom etadi

“Yangi O‘zbekiston” ko‘chasining bir qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi

13-apreldan 1-sentabrgacha CAEX ko‘rgazma majmuasidan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga kirish qismigacha bo‘lgan hududda barcha turdagi transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani matbuot xizmati xabar bermoqda.

Cheklovlar Olimpiya shaharchasi hududida yer osti tunneli qurilishi boshlangani munosabati bilan joriy etilmoqda.

Haydovchilardan yo‘nalishlarni rejalashtirishda buni inobatga olish so‘ralmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
/
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi